Xitoy tovarlariga qoʻyiladigan boj Ilon Maskning “joniga oro” kirishi mumkin

20:57 13 Iyun 2024 Dunyo
485 0

Foto: Reuters

AQSHning “Tesla” kompaniyasi yangi import bojlari tufayli yevropalik xaridorlar uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan “Model” 3 avtomobillari narxini oshirishni koʻrib chiqmoqda.

Kompaniya oʻz veb-saytida narxlarning oshishi 2024-yil 1-iyuldan kuchga kirishini maʼlum qildi. “Tesla” Germaniya, Fransiya va Belgiya kabi mamlakatlardagi boʻlajak xaridorlarni iyun oyida buyurtma berishga chaqirdi.

Yevropa Komissiyasi iyul oyidan boshlab Xitoyda ishlab chiqarilgan elektr transport vositalariga 38,1 foizgacha qoʻshimcha import bojlari joriy etishini maʼlum qilgandi.

Bu qaror Yevropa Ittifoqida sotiladigan Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Bunga javoban Pekin oʻz manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻrishini bildirdi.

Narxlarning oshishi Yevropa Ittifoqining Xitoyga qarshi savdo sanksiyalarini kuchaytirishi bilan bogʻliq. Ushbu chora-tadbirlar savdo nomutanosibligini bartaraf etish va Yevropa sanoatini himoya qilish boʻyicha kengroq saʼy-harakatlarning bir qismidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер