Xitoy soʻnggi 40 yilda birinchi marotaba qitʼalararo ballistik raketasini sinovdan oʻtkazdi. Ushbu raketa toʻgʻridan toʻgʻri Amerikagacha uchishga qodir

13:09 26 Sentyabr 2024 Dunyo
745 0

Foto: CNN

Xitoy soʻnggi oʻn yilliklarda birinchi marta Tinch okeani uzra qitʼalararo ballistik raketasini (QBR) muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. Raketa chorshanba kuni ertalab uchirilgan. Pekin Mudofaa vazirligi sinov muntazam mashgʻulotlarning bir qismi ekanligini va biron bir davlatga qaratilmaganligini tasdiqladi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Maʼlumki, bu Xitoy soʻnggi 40-yil ichida birinchi marta Tinch okeanida QBRni ommaviy sinovdan oʻtkazishi hisoblanadi. Raketa Xalq ozodlik armiyasi raketa kuchlari tomonidan uchirildi va belgilangan hududga borib tushdi. Xitoy baʼzi mamlakatlarni uchirilishi haqida oldindan xabardor qilgan, ammo Yaponiyaga xabar berilmagan.

Eng soʻnggi sinovdan oʻtgan QBR “DF-41” boʻlishi mumkin. Bu toifadagi raketalar 15 ming kilometrgacha masofani bosib oʻta oladi. Masalan, ushbu raketa Xitoydan uchirilsa, AQSH materigiga yetib borishga qodir. Mutaxassislarning fikricha, sinov AQSH va uning ittifoqchilariga Xitoyning harbiy kuchi haqida ogohlantiruvchi xabar yuborish uchun moʻljallangan.

Sinov mintaqada keskinlik kuchaygan, Xitoy, Rossiya va Yaponiya hamda Filippin kabi yaqin davlatlar ishtirokida harbiy harakatlar kuchaygan bir paytda oʻtkazilmoqda.

Xitoy soʻnggi paytlarda sodir boʻlgan bir qancha voqealarga, jumladan, Janubiy Xitoy dengizidagi qarama-qarshiliklar va Yaponiya yaqinidagi havo hududining buzilishiga aralashgan.

Tahlilchilarning aytishicha, raketa sinovini oʻtkazish vaqti muhim, chunki u Xitoyning koʻplab jabhalarda harakat qilishga tayyorligini koʻrsatadi.

Avvalroq, “Avitsenna” nomli milliy brend yaratilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер