Xitoy Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishga koʻmaklashish uchun shifokor va mutaxassislar hamda gumanitar yordam yubordi
COVID-19ga qarshi kurashga koʻmaklashish maqsadida xitoylik shifokorlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 15 kishilik guruh mamlakatimizga keldi.
Tibbiy guruh tarkibida virusolog, epidemiolog, pulmonolog, terapevt, jarroh va yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassislar bor.
Xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan umumiy qiymati 2 million yuan(taxminan 290 ming dollar)ga teng boʻlgan zarur tibbiy buyumlar, dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring