Xitoy — Oʻzbekiston doʻstlik munosabatlari yangi bosqichda
Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda “Xitoy madaniyati kunlari” boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbir Ikki mamlakatning qadimiy doʻstona munosabatlarining yana bir yangi bosqichini boshlab berishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir doirasida bugun Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar va ijodkorlarning delegatsiyasi akademiya faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirda akademiya talabalarining milliy raqslari namoyishi xorijiy mehmonlarning olqishlariga sazovor boʻldi. Oʻz oʻrnida Xitoylik sanʼatkorlarning chiqishlari va kichik mahorat darsi bilan akademiya pedagog hamda talabalari uchun maktab vazifasini oʻtadi.
Tadbir soʻngida ikki mamlakatning raqs sanʼatiga oid ijodiy hamkorligi boʻyicha kelishuv amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring