Xitoy delegatsiyasi — Surxondaryoda

08:51 29 Mart 2024 Siyosat
284 0

Surxondaryo viloyati hokimi У.Қосимов Xitoyning shaharsozlik va sanoat mahsulotlari, robototexnika, elektronika vositalari ishlab chiqarish, yer osti qazilma boyliklari hamda quyosh panellari va shamol stansiyalari oʻrnatish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat ikkita delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya vakillari bilan muloqotda Surxondaryoning savdo-iqtisodiy, investitsion salohiyati, sanoati va elektronika hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. Xitoylik tadbirkorlar oʻzlarining loyihalarini taqdimot qilishdi.

— Viloyatimizda xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Biz vohamizda istiqbolli loyihalarini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan chet el investorlariga zarur yordamlar koʻrsatishga hamisha tayyormiz, — dedi viloyat rahbari У.Қосимов.

Taklif qilingan loyihalar ikki tomon mutaxassislari tomonidan batafsil oʻrganilib, amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.

Farhod ESONOV

(«Xalq soʻzi»).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер