Xattot Habibullo Soliyevga oltin medal berildi

14:09 29 Mart 2024 Jamiyat
570 0

Taniqli xattot Habibullo Soliyev Oʻzbekistonda xattotlik sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi hamda uzoq yillik fidokorona xizmatlari uchun Badiiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi.

H. Soliyev Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi hisoblandi.

U 1999-yilda xattotlikda yangi tarz, yaʼni naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf qilgani uchun Lohurdagi xalqaro xattotlar bellashuvida “Parvin raqam” (“Sharq yulduzi”) unvoniga sazovor boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер