Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 nafar shaxs qoʻlga olindi
Foto: IIV
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2007-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan K.I. internet tarmogʻida ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushishi oqibatida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy yigʻilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilishni rejalashtirgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring