Xalqaro tanlovlarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi

16:39 15 Aprel 2026 Hujjatlar
217 0

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga koʻra 2026–2027-yillarda tajriba-sinov tariqasida xalqaro nufuzli tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan Maktab va yozgi toʻgarak oʻquvchilari (jamoalari) hamda ularni tayyorlagan oʻqituvchi (konsertmeyster) quyidagi miqdorda 1-martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

  • “Gran-pri” va 1-oʻrin sohibi 30 mln soʻm, oʻqituvchi (konsertmeyster) 20 mln soʻm miqdorida;
  • 2-oʻrin sohibi 20 mln soʻm, oʻqituvchi (konsertmeyster) 10 mln soʻm miqdorida;
  • 3-oʻrin sohibi 10 mln soʻm, oʻqituvchi (konsertmeyster) 5 mln soʻm miqdorida.

Shuningdek, umumxalq bayram dasturlari va yuqori darajadagi anjumanlarning badiiy qismida Maktab va yozgi toʻgarakning iqtidorli oʻquvchilari hamda ijodiy jamoalarining ishtirok etishiga shart-sharoitlar yaratilib, qoʻllab-quvvatlanadi.

Maktabda aʼlo baholarga oʻqiyotgan oʻquvchilarning 10 nafari Maktab badiiy-pedagogik kengashi qarori bilan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi hamda maktab-internatlariga imtihonlarsiz qoʻshimcha kvota asosida qabul qilish tartibi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер