Xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznes vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro investitsiya forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika-Oʻzbekiston Savdo Palatasi (AUCC) Ijrochi direktori Elena V. Son va Amerika biznesi vakillari “Silver Leaf”, “John Deere”, “Cadillac”, “HP” “Silver Leaf”, “John Deere”, “Cadillac”, “HP”, “White&Case” kabi kompaniyalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv Oʻzbekistonda IT-industriyasini rivojlantirishga koʻmaklashish va bu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
Dastlab uchrashuvda vazir Sh. Shermatov Amerika biznesi vakillariga Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Amerika biznesi vakillari Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish va IT sohasida tajriba almashishga qiziqish bildirib, Oʻzbekistonda AQSH yetakchi kompaniyalarining vakolatxonalarini ochish istagini bildirdi.
Bunga javoban vazir Sh. Shermatov, xorijiy kompaniyalar Oʻzbekistonda faoliyat yuritishi uchun bir qator imtiyozlar va qulay sharoitlar, hamda BPO yoʻnalishida hamkorlik uchun talabga javob beradigan kadrlar mavjudligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekistonda IT-mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi. Amerika biznesi vakillari tomonidan Oʻzbekistonda IT-taʼlim yoʻnalishida hamkorlik oʻrnatish bilan birgalikda yoshlar uchun boʻsh ish oʻrinlar yaratish toʻgʻrisida fikr bildirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring