Xalqaro dastur doirasida oʻtkazilgan “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi gʻoliblari aniqlandi
Ekologik taʼlim jamgʻarmasining (FEE) 7 bosqichdan iborat dasturi boʻyicha Oʻzbekistonda ilk bor 2 ta: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi 81-sonli maktab Jamgʻarmaning oliy mukofoti – Yashil bayroq bilan taqdirlandi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida “Zamin” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi raisi, Yevropa Ittifoqi, BMT va uning Oʻzbekistondagi tarkibiy boʻlinmalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Yoshlar agentligi rahbarlari ishtirok etdi.
Ziroat Mirziyoyeva ekomaktab oʻquvchilarini Barqaror taraqqiyot ramzi – Yashil bayroqni olishlari bilan samimiy tabriklab, “Bizning davlatimiz bir. Bitta sayyorada yashaymiz. Vazifamiz ham yagona – sayyoramizni saqlab qolish. Hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Bugun qanchalik faol ekaningizni koʻrib, kelajagimiz ishonchli qoʻllarda ekanligiga ishonch hosil qildim”, dedi soʻzi davomida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring