Xalqaro buker mukofoti g‘olibi aniqlandi

15:06 23 May 2018 Dunyo
2852 0
Foto: Яндекс.Новости

Ingliz tilida yaratilgan eng yaxshi asar uchun beriladigan Xalqaro buker mukofotining bu yilgi sohibi polshalik yozuvchi Olga Tokarchuk bo‘ldi. 

The Guardian nashrining yozishicha, uning “Yuguruvchilar” kitobi ana shunday yuksak mukofotga loyiq ko‘rildi.

Aslida mazkur asar 2007 yilda nashr etilgandi, ammo ingliz tiliga keyinroq tarjima qilingan.

Bu borada g‘oliblik uchun Janubiy koreyalik Xan Kan va vengriyalik Laslo Krasnoxorkai ham kurash olib bordi.

Tokarchuk ijod mahsuli turli mamlakatlardagi odamlarga bag‘ishlangan turkum hikoyalardan iborat. Yozuvchi o‘z qahramonlarini “zamonaviy ko‘chmanchilar” deb atagan.

Garchi uning asari Polshada qator mukofotlar olgan bo‘lsa-da, tanqidlarga ham uchragan. Hatto novellalaridan birida e’tiqod bilan bog‘liq nozik masala ko‘tarilgani uchun, unga tahdidlar ham bo‘ldi. Oqibatda ijodkor shaxsiy tansoqchi yollashiga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, Buker mukofoti 1960 yildan beri “Booker Group” kompaniyasi homiyligida o‘tkazib kelinayapti. Dastlab u Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari, Irlandiya va Zimbabve ijodkorlariga berilgan. 2005 yildan esa Xalqaro buker mukofoti ta’sis etilib, uni olish imkoniyata dunyodagi barcha mamlakatlar yozuvchi-shoirlariga berildi. Buning uchun faqat ularning asarlari ingliz tiliga tarjima qilingan yoki Buyuk Britaniyada nashr etilgan bo‘lishi kerak.

Turli yillarda mazkur adabiy sovrin Ayris Merdok, Uilyam Golding, Elis Monro kabi mashhur adbilarga ham nasib etgan.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер