Kattaqoʻrgʻonda harbiy vertolyot halokatga uchradi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2023-yil 17-noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga tegishli “Mi-8” vertolyoti “Kattaqoʻrgʻon” poligonida oʻquv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi.
Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok boʻldi. Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring