Kasalliklarni erta aniqlash darajasi 70 foizga yetkaziladi

13:55 26 Yanvar 2024 Jamiyat
472 0

“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, yurtimizda kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda har yili:

6,7 mln. nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng koʻp uchraydigan yurak-qon tomir, qandli diabet, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik koʻriklarni oʻtkazish;

— 18 — 40 yoshli 12,6 mln. nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish;

9 mln. nafar maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va oʻrta maktab oʻquvchilarini tibbiy koʻrik bilan qamrab olish;

— onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida yiliga 3 mln. nafar aholini skriningdan oʻtkazish moʻljallanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер