Karate WKF boʻyicha Oʻzbekiston kubogi start oldi
Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boshlandi. Barcha yosh toifasida kechayotgan musobaqada Respublikamizning har bir hududidan tashrif buyurgan 1100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.
Kata va kumite dasturida oʻtkazilayotgan turnir 4-martga qadar davom etadi. Unda murabbiylar shtabi joriy yil oʻtadigan jahon chempionati, Osiyo oʻyinlari kabi musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini shakllantirish, asosiy sportchilarga munosib zaxira aʼzolarini saralab olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring