Kanadalik professor ovuldagi maktabda boʻldi

13:25 12 Aprel 2021 Jamiyat
554 0

Nukus tumanidagi «Xumo qushi» ovulidagi 32-umumtaʼlim maktabi “Qizil maktab” roʻyxatiga tushgan. Ushbu maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilariga huquqiy-amaliy yordam berish, maktab salohiyatini oshirish uchun, oʻquv muassasasida Nukus tuman prokuraturasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda “Metodik-tur” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha tadbirlarida Nukus shahar “Prezident maktabi” oʻqituvchisi Kanadalik professor Devid Keffer va IT-Zentr vakillari ishtirok qilib, maktab oʻqituvchilariga zamonaviy pedagogik metodlar asosida dars oʻtish va oʻquvchilar bilan ishlashning yangicha usullari haqida amaliy maʼlumotlar taqdim etdilar.

Loyiha tuman 2-sektor rahbari tomonidan tashkilotchilar taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер