Iyun oyida 6,1 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 13,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd. soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring