Italiya bosh vaziri AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini noqonuniy deb atadi

20:50 11 Mart 2026 Dunyo
382 0

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi xalqaro huquq meʼyorlarini buzishini maʼlum qildi. Uning soʻzlaridan “Interfaks” iqtibos keltirmoqda.

— Dunyoda xalqaro huquqni buzuvchi bir tomonlama harakatlar tobora koʻpayib bormoqda. Shulardan biri – AQSH va Isroilning Eron rejimiga qarshi operatsiyasidir, — dedi u Senatdagi chiqishi chogʻida.

Melonining soʻzlariga koʻra, Italiya ushbu mojaroda ishtirok etmaydi va ishtirok etmoqchi ham emas.

Shu bilan birga, Italiya hukumati rahbari Eron tomonini ham tanqid ostiga oldi.

— Biz oyatullohlar rejimining yadroviy qurolga, shuningdek, Yevropaga, Italiyaga yoki undan ham uzoqroqqa yetib borishga qodir boʻlgan raketalarga ega boʻlishiga yoʻl qoʻya olmaymiz, — deya qoʻshimcha qildi u.

Jorja Meloni Yaqin Sharq mintaqasida barqarorlikni tiklash boʻyicha ishlarda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi, biroq uning fikricha, Eron hujumlarni davom ettirar ekan, diplomatiyaning imkoni boʻlmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер