Istiqbolli loyiha samarasi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida foydalanilmayotgan adirliklarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali samarali natijalarga erishilmoqda. Asaka tumanidagi “Baraka hamkor parranda” korxonasi shular jumlasidan.
— Umumiy qiymati 171,4 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxona parrandachilikka ixtisoslashgan, — deydi viloyat hokimligi xodimi Muslimbek Ibrohimbekov. — Bir yilda 2 million bosh broyler tovuqlari parvarishlanadi. Tuxum va parranda goʻshti yetishtirishda korxona yetakchilardan hisoblanadi.
Darhaqiqat, 220 nafar ishchi faoliyat olib borayotgan korxonada bir yilda 30 million dona tuxum va 15 ming tonna parranda goʻshti ishlab chiqarilyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring