Isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari toʻxtatib qolindi

14:31 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
334 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqarolar O.X. va J.V. jami 4 000 kg. isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер