Isteʼmolchi toʻlovi kommunal xizmatni yaxshilaydi

13:35 09 Iyul 2024 Jamiyat
237 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashda isteʼmolchilar tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlar muhim ahamiyatga ega. Joylarda isteʼmolchilik burch va majburiyatlari bajarilmayotganligi yangi loyihalarni amalga oshirishda toʻsqinlik qilmoqda. Andijon viloyatida 45 ming 653 nafar isteʼmolchining foydalanilgan tabiiy gazdan qarzdorligi aniqlandi.

— Bunday hollarda xonadon avtomatik tarzda taʼminotdan uzib qoʻyiladi, — deydi “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali Andijon shahar boʻlimi xodimi Muzaffarbek Abdulgʻoziyev. — Andijon shahrida tabiiy gaz bilan taʼminlangan xonadonlar soni 64 mingtani tashkil etadi. Ularning 17 mingtasida 31 milliard soʻm miqdoridagi qarzdorlik mavjud. Jiddiy ogohlantirishlarga qaramay, isteʼmolchilar qarzni toʻlashga befarq boʻlmoqda. Andijon shahar fuqarolik sudiga 210 nafar isteʼmolchining majburiyatiga sovuqqonligi yuzasidan hujjatlar taqdim etildi.

Ayni paytda gaz taʼminoti idorasida toʻlov madaniyatini shakllantirish maqsadida maxsus shtab tuzildi. Ishchi guruh tomonidan aholiga ushbu holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qarzdorlikni toʻlashdan boʻyin tovlagan yoki paysalga solgan 3876 nafar qarzdorning 10 milliard 149 million 935 ming soʻmlik qarzi boʻyicha hujjatlar sud idorasiga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер