“Istanbul Bashakshehir” klubi durang oʻynadi
Kecha, 6-aprel kuni Turkiya Superligasining 28-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Kojaelispor” jamoasi oʻz maydonida “Istanbul Bashakshehir” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Ushbu natijadan soʻng, “Istanbul Bashakshehir” jamoasi 44 ochko jamgʻargan holda 6-oʻrinni mustahkamlab oldi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 83 daqiqaga qadar maydonda toʻp surdi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,4 ballga baholandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir aʼzosi Abbosbek Fayzullayev esa jarohati tufayli maydonga tusha olmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring