Isroil kuchlarining Gʻazoni bombardimon qilishi oqibatida soʻnggi 24 soat ichida 60 nafar falastinlik halok boʻldi
Isroil kuchlarining Gʻazo boʻylab uyushtirgan hujumlari oqibatida 60 nafar falastinlik halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 21-iyun kuni Isroil kuchlari Gʻazo hududiga hujum uyushtirib, 60 dan ortiq falastinlikni oʻqqa tutgan. Bundan tashqari, yana 11 nafar insonparvarlik yordamlari markaziga borgan mahalliy aholi vakillari ham hujumga uchragan.
HAMAS harakati Gʻazodagi ocharchilikni toʻxtatish va mazkur urushga barham berish uchun kechayu kunduz ishlayotgani hamda vositachilarni jalb qilayotganini taʼkidlagan. Gʻarb mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari esa Isroilning Gʻazodagi yordamga muhtoj mahalliy aholi vakillariga qilayotgan hujumlarini keskin qoralab, zudlik bilan urushni toʻxtatish lozimligini bildirgan.
BMTning Falastin qochqinlariga yordam berish agentligi rahbari Filipp Lazzarinining taʼkidlashicha, Gʻazo kasalxonalaridagi shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlari ochlik va charchoq tufayli hushidan ketmoqda.
Gʻazo sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning hujumlari oqibatida shu vaqtga qadar kamida 59 ming 029 kishi halok boʻlgan, yana 142 ming135 kishi esa turli darajadagi tan-jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring