Isroil Gʻazo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatdi

00:30 08 Oktyabr 2023 Dunyo
1285 0

Foto: Reuters

Isroil Gʻazo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatdi. Tegishli hujjat mamlakat energetika vaziri Israel Kas tomonidan imzolandi.

“Men [Isroil] elektr kompaniyasiga Gʻazo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatish toʻgʻrisida buyruq berdim. Ilgari boʻlgan narsa endi boʻlmaydi, — dedi Kas.

Avvalroq, Falastinning HAMAS harakati Isroilga hujumni izohlagan edi.

HAMAS matbuot kotibi Abdul Latif Al-Qanuning aytishicha, “Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi Isroilning Al-Aqso masjididagi qizil chiziqlarni qayta-qayta buzishiga javobdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер