Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
“Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.
Shuningdek, ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinishi, ishonchli manbalarga tayanish va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘ralgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring