Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hududiy filiallari tashkil etildi
“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda taʼminlab boradi.
Qaror bilan Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
➖ Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish shoʻbasi;
➖ IT-texnologiyalarni joriy etish va maʼlumotlar bazasini integratsiyalash shoʻbasi;
➖ Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing shoʻbasi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuzildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring