Indoneziyada yuz bergan suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida kamida 26 kishi halok boʻldi
Foto: AFP
Indoneziyaning Gʻarbiy Sumatra provinsiyasida suv toshqinlari va koʻchki qurbonlari soni 26 kishiga yetdi. Qutqaruvchilar yana bedarak yoʻqolgan 11 kishini qidirmoqda. Bu haqda Indoneziyaning Langgam.id portali qutqaruv operatsiyalarini boshqarish milliy markaziga tayanib xabar bermoqda.
Avvalroq, Indoneziyada oʻtgan payshanba kunidan beri davom etayotgan suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida kamida 19 kishi halok boʻlgani, yana yetti kishi bedarak yoʻqolganligi xabar qilingan edi.
“Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi qutqaruv operatsiyalarini nazorat qilish markazi maʼlumotlariga koʻra, dushanba kuni ertalab Gʻarbiy Sumatradagi suv toshqinlari va koʻchkilar 26 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan, yana 11 kishi esa bedarak yoʻqolgan”, deb yozdi manba
Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi rahbari Abdul Muxariy ham yozma bayonotida, suv toshqinlari va koʻchkilar u yoki bu tarzda 39 ming kishiga zarar yetkazganini qayd etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring