Ilya Sibirsev uchta medalga sazovor bo‘ldi
AQSHning Kaliforniya shtatida suzish bo‘yicha “TYR Pro Swim Series” xalqaro musobaqasi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibirsev faol qatnashdi.
Musobaqaning 400, 800, 1500 metrlik masofalarga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtimiz uch bor kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, suzuvchimiz 200 metrga erkin usulda suzish musobaqasida ham ishtirok etib, marraga oltinchi bo‘lib yetib keldi.
Ma’lumot uchun, “Parij — 2024” Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Ilya Sibirsev Illinoysda (AQSH) mart oyida o‘tgan “TYR Pro Swim Series” musobaqasining 200 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring