Ilon Mask giyohvandlik moddalari isteʼmol qilganlikda gumon qilinmoqda
Фото: Getty Images
AQSHning “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari direktorlar kengashlari ushbu kompaniyalar egasi Ilon Mask giyohvandlik moddalari isteʼmol qiladi, deb hisoblaydi. Shuningdek, ular bu uning aktivlari taqdiriga taʼsir qilishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, tashkilotlar Maskning ziddiyatli qarashlari va provokatsion harakatlaridan xavotirda. Kompaniyalar rahbarlari Ilon Mask giyohvandlik moddalari isteʼmol qilayotganini taxmin qilishgan, ammo buning isbotini keltirmagan.
Xabar qilinishicha, Maskning noqonuniy moddalarga boʻlgan moyilligi “SpaceX” bilan koʻp million dollarlik hukumat shartnomalarini xavf ostiga qoʻyishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring