Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning bajarilish holati yuzasidan monitoring oʻtkaziladi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 21-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan 5 ta ilmiy loyihalarning bajarilish holati yuzasidan oraliq/yakuniy hisobot natijalariga koʻra monitoring oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kelgusi axborotlarimizda oʻtkazilgan monitoring natijasiga koʻra 5 ta ilmiy loyiha boʻyicha aniqlangan kamchiliklar ochiqlab boriladi.
Monitoring jarayonida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
— ilmiy-tadqiqot ishlarining imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilishi holati;
— ijrochi tashkilot tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi, koʻlga kiritilgan muhim ilmiy natijalar va ularni mavjud ehtiyojlarga mosligi;
— davlat byudjeti mablagʻlarining maqsadli sarflanganligi, ilmiy asbob-uskunalar harid qilinganligi (ajratilgan mablagʻning kamida 40 foizini moddiy texnik bazaga toʻgʻri yoʻnaltirilganligi);
— nufuzli mahalliy va xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish natijalari va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili;
— loyiha doirasida qoʻlga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish (amaliyyotga joriy etish) imkoniyatlari muhokama etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring