Ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir — Shavkat Mirziyoyev

12:16 22 Dekabr 2023 Siyosat
1009 0

Prezident raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishi boshlandi.

“Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun masʼul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir”, — dedi davlat rahbari.

Prezident yigʻilganlar eʼtiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng koʻp – 134 trillion soʻm mablagʻ ajratilgani, bu 2016-yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdigʻini birgina ana shu misolda ham yaqqol koʻrish mumkin. Bu ishlar dastlabki qadamlar boʻlib, kelgusida yanada kengayib boradi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер