Ikki hududda 763,2 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro M.P. “Obod” MFY hududidagi issiqxonada tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 354,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, fuqaro X.Z. “Gʻayrat” MFY hududidagi issiqxonada 219,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, Departamentning Nurobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.R. “Mashʼal” MFY hududidagi xonadonda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 189,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring