ICT4Girls mentorlik dasturi gʻoliblari eʼlon qilindi
Mentorlik dasturi ishtirokchilari maʼlum ijtimoiy muammoga yechim beruvchi 10 ta IT-mahsulot yaratdi. Ushbu loyihalar betaraf soha mutaxassislari tomonidan maxsus mezonlar asosida baholangan edi.
Bugun Forum doirasida ushbu loyihalar orasidan yuqori baholangan 3 IT-mahsulot nomi eʼlon qilinib, ularni rivojlantirish va ishga tushirish maqsadida ajratilgan 50 million soʻmlik grant taqdim etildi.
Dastur gʻoliblari:
— Mashkhura Eshmatova Muharrir platformasi bilan;
— Sabohat Qalandarova ayollar uchun yaratilgan maxsus mobil ilova bilan;
— Zilolaxon Yoʻldosheva yoshlarni kasbga yoʻnaltirishga yordam beruvchi veb-sayt bilan.
Dasturning qolgan 7 ishtirokchisi esa noutbuk bilan taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring