Ichida odam qoldiqlari boʻlgan chamadon topib olindi – AQSH

16:00 06 Fevral 2025 Dunyo
277 0

AQSHning Nyu-York shtati politsiyasi hududdan oqib oʻtuvchi sharqiy daryodan ichida odam jasadi qoldiqlari boʻlgan chamadon topib oldi. Bu haqida “New York Post” nashri xabar berdi.

Unga koʻra, 5-fevral kuni Nyu-York hududidan oqib oʻtuvchi sharqiy daryoda faoliyat yuritayotgan port kuzatuvchilari suv yuzida oqib kelayotgan chamadonni payqab qolib, zudlik bilan shahar politsiyasiga xabar bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari ushbu chamadonni suvdan olib chiqib, ochib qarashganda uning ichidan odam jasadi qoldiqlari borligini koʻrishgan.

“Chamadon ichidagi jasad katta yoshli erkak kishiga tegishli boʻlishi mumkin. Hozirda holat yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlanib, jasadning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi shahar politsiyasi xabarida.

Taʼkidlanishicha, ushbu chamadon qayerdan va qancha vaqtdan beri oqib kelayotganligi haqida hech qanday maʼlumotlar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning sentyabr oyida Nyu-York shtatining janubida joylashgan Long-aylend shaharchasida ham ichida odam qoldiqlari boʻlgan chamadon topilgan edi. Bunday holatlar mahalliy aholi orasida koʻplab noroziliklar hamda xavotirlarga sabab boʻlmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер