Hunarmandlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xizmatlaridan 25 foiz chegirma bilan foynalanadi

15:41 03 May 2018 Madaniyat
2780 0
Foto: Myday.uz

Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Endilikda, qiymati 5000 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan hunarmandchilik maxsulotlarini Respublika xududidan olib chiqilishida “Hunarmand” uyushmasi Badiiy kengashining xulosasi va Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasining sertifikati asos bo‘ladi. Bunda “Hunarmand” uyushmasi hunarmandlarga zaruriy xujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatib boradi.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanilganda ortiqcha yuk uchun 25 foizli chegirmalar taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер