Hududlardagi ayrim korxonalarda haligacha 10-yildan ortiq ishlatilayotgan chang-gaz tozalash uskunalari mavjudligi qayd etildi
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Hududlardagi ayrim korxonalarda haligacha 10-yildan ortiq ishlatilayotgan chang-gaz tozalash uskunalari mavjudligi qayd etildi.
Sanoat korxonalari “oyoqqa turishi” uchun koʻplab yengillik va imtiyozlar berilgani, lekin ayrim korxonalar na soliqlar toʻlashni, na atrof-muhitni himoya qilishni oʻylayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Aksariyat hollarda qurilish obyektlari va loyihalari ekologik ekspertizadan oʻtkazilmasdan amalga oshirilayapti.
Shu munosabat bilan 1-apreldan boshlab har bir hududning havo, suv va atrof muhitni ifloslanish darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinishi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring