“Hududgaztaʼminot” AJ faoliyati xalqaro standartga muvofiq deb topildi
Hozirgi kunda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan gaz taʼminoti tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda bir qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Tizimda korrupsiyani barvaqt aniqlash va uni oldini olishga qaratilgan islohotlar natijasida 2022-yilning avgust sentyabr oylarida “SERT International” (Slovakiya) xalqaro tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarga koʻra “Hududgaztaʼminot” AJ markaziy ijro apparati xalqaro ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring