Hokimliklar mas’ullari yoshlar muammolarini o‘rganmoqda

17:09 20 Aprel 2023 Jamiyat
690 0

Joriy yilning 11 aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yurtimizda yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasida dolzarb vazifalar ko‘tarilib, bu borada rahbarlarga alohida va aniq vazifalar yuklatilgan edi.

Jumladan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ularni 3 toifaga ajratish, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlash tizimini yaratish.

Bunda o‘z ustida ishlaydigan, a’lo baholarga o‘qiydigan, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan yoki o‘z ish joyiga ega bo‘lgan iqtidorli va ijtimoiy faol bo‘lgan yoshlar “yaxshi” toifaga, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol, kelajakka ishonuvchi yoshlar “o‘rta” toifaga kiritilib, shuningdek, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

- Har kuni kamida bir marotaba tumanlarga chiqib, o‘zimizga biriktirilgan mahalalardagi yoshlar bilan uchrashayapmiz, - deydi Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Ashurmatov.- Suhbat jarayonida yoshlar kelgusida har xil salbiy holatlarni keltirib chiqarmasiligi, o‘zini faqat ijobiy tomondan ko‘rsatish, barchaga namuna bo‘lishi uqdirilib, yoshlarning muammolari o‘rganilayapti. Muammolarni mahalla, tuman va viloyat darajasida hal qilish choralari ko‘rilib davlat fuqarolik xizmati, tadbirkorlik, startap loyihalar kesimida ishlar olib borilayapti.

Ayni kunlarda viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning barcha o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mas’ullari viloyatda mavjud uchinchi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar ustida ishlab, ularning muammolari yechimini izlash, g‘amxo‘rlik qilish va doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. 

Tolibjon ERGASHЕV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер