Hokimlik xodimlari “Zakovat”da bellashdi

11:12 08 Noyabr 2024 Jamiyat
306 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Faol davlat xizmatchilaridan hisoblangan hokimiyat xodimlari idoraviy vazifalardan vaqt orttirib bilim va salohiyatini oshirish ustida ishlay oladimi, ularning zukkoligi qay darajada? Namangandagi “Yoshlar markazi”da viloyat shahar va tuman hokimliklari jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida bu savolga birmuncha aniqlik kiritildi. Musobaqa ishtirokchilari 20 ta savol asosida 2 taymda oʻtkazilgan bahslashuvda gʻoliblik uchun kurashdilar.

— Besh kishidan iborat jamoamiz tarix, geografiya, sport boʻyicha, shuningdek, bir qator mantiqiy savollarga topqirlik bilan javob qaytardi, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari Ikromjon Parpiyev.

Yakuniy natijalarga koʻra birinchi oʻrin toʻraqoʻrgʻonliklarga nasib etdi. Keyingi ikki oʻrinni Yangiqoʻrgʻon va Kosonsoy tuman hokimliklari jamoasi egalladi. Gʻoliblarga qimmatbaho sovgʻalar hamda Xorazmga sayohat yoʻllanmasi topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер