Hokim yoshlar bilan uchrashdi

15:53 03 Dekabr 2020 Jamiyat
1265 0

Mamlakatimizda yoshlarga eʼtibor masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan boʻlib, ertamiz egalari oʻzlarining qiziqishlari boʻyicha har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda hokimlar yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazayotganini bunga bir misol qilib keltirish mumkin.

Ana shunday uchrashuvlardan biri yaqinda Qiziriq tumanida oʻtkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov tumanning faol yoshlari bilan suhbatlashdi va bir guruh intiluvchan yoshlar ragʻbatlantirildi. Shulardan biri yosh tadbirkor Sh. Aliyevadir.

— Tadbirkorlik faoliyatimizni yoʻlga qoʻyganimizga koʻp boʻlmadi, — deydi u. — Hozir 5 nafar kishining bandligini taʼminlaganman, ulardan ikkitasi “Ayollar daftari”da turadigan xotin-qizlardir. Faoliyatimizni yana-da kengaytirish va yana 15 nafar oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan ayollarni ish bilan taʼminlash uchun kredit olmoqchi ekanligini uchrashuvda aytdim. Hokimimiz bu masalaga osongina yechib topib berdi, yaʼni menga 130 million soʻm pul viloyat hokimligi tomonidan mukofot tariqasida berildi. Endi bu pulga rejamni amalga oshiraman.

Dilfuza XOLTOʻRAYEVA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер