Hindistondagi kimyo zavodlaridan birida kuchli portlash yuz berdi
Foto: timesofindia
Hindistonning Gujarat shtatidagi kimyo zavodida kuchli portlash va kuchli tutun paydo boʻldi. Voqea joyidan olingan kadrlar Hindistonning “InXabar” telekanali tomonidan taqdim etildi.
“Times of India” nashrining yozishicha, portlash va undan kelib chiqqan yongʻin “Deepak Nitrite” kimyo kompaniyasining Vadodara shahridagi zavodida sodir boʻlgan. Zavoddan koʻtarilgan tutun atrofni oʻrab oldi.
Manbaga koʻra, bir qancha oʻt oʻchirish brigadalari yongʻinni zoʻrgʻa nazorat qilgan.
“Biz yongʻin tarqalishini nazorat qilishga harakat qilyapmiz. Biroq hozircha halok boʻlganlar yoki jarohatlanganlar haqida hech qanday maʼlumotga ega emasmiz”, deydi oʻt oʻchirish brigadasi aʼzosi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring