Hindistonda kimyo zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida olti kishi halok boʻldi
Foto: «Мир 24»
Hindistonning janubi-sharqidagi Andxra-Pradesh shtatidagi kimyo zavodida yongʻin sodir boʻldi. Hodisa oqibatida olti kishi hayotdan koʻz yumgan, 12 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda mahalliy ANI axborot agentligi xabar tarqatdi.
Yongʻin Eluru shahridagi polimer xomashyosi zavodida sodir boʻlgan. Hodisaga konteynerlardan birida sizish yuz bergani sabab boʻlgan. Oʻsha paytda zavodda 18 nafar ishchi boʻlgan.
Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatib, keyin ularni kasalxonaga olib ketgan.
Huquq-tartibot idoralari favqulodda hodisa tafsilotlarini oʻrganmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring