Hindiston hukumati “COVID-19” qurbonlarining jasadlarini Gangaga tashlashni toʻxtatishni talab qilmoqda

17:18 12 May 2021 Dunyo
874 0

Foto: Reuters

Hindiston hukumati marhumlarning jasadlarini Ganga daryosiga tashlashni darhol toʻxtatishni talab qildi.

Hindiston suv resurslarini boshqarish vaziri Gajendra Singx Shexavatning soʻzlariga koʻra, Hindiston hukumati protokolga muvofiq barcha jasadlarni yoʻq qilishni taʼminlaydi. Gangani tozalash milliy missiyasi “COVID-19”dan vafot etganlarning jasadlari tegishli tartibda dafn etilishi lozimligini bildirdi.

Avvalroq, Hindistonning Bihar shtati aholisi daryoda yuzga yaqin kishining jasadlari topilganligi haqida xabar bergan edik. Ular koronavirusdan vafot etgan odamlarning jasadlari boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Jasadlarning Gangaga tashlanishiga mamlakatda dafn xarajatlarining juda qimmatligi sabab boʻlmoqda.

Bugun Hindistonda kuniga koronavirus infeksiya asoratlaridan yana 4205 kishi vafot etgan. Bu pandemiya boshidan qayd etilgan antirekord hisoblanadi. Shuningdek, yana 348 421 kishida virus aniqlangan va jami yuqtirganlar soni 23 340 938 kishiga yetgan. Infeksiya asoratlaridan vafot etganlar soni 254 197 kishiga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер