Hind kompaniyasi Namanganda IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi

22:33 16 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
1013 0

“Bir million dasturchi” loyihasi istiqbollari” mavzuidagi ushbu seminarda viloyatdagi taʼlim muassasalarining 300 nafardan ziyod informatika fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida dastur loyihasi istiqbollari xususida alohida toʻxtalib, birgina 2020 — 2021 oʻquv yilida viloyatdagi jami 204 ta umumtaʼlim muassasasidagi 4446 nafar oʻquvchi “Bir million dasturchi” loyihasida oʻqitilishi koʻzda tutilgani taʼkidlandi. Ayni paytda 3186 nafar oʻquvchi loyiha doirasida oʻqib, sertifikatlarga ega boʻldi.

Seminarda Xindistonning “Indian trade expo” kompaniyasi direktori Pradip Kumar ham qatnashdi. U viloyat miqyosida IT-maktablarning tashkil etilishi va uning ijobiy jihatlari xususida shunday dedi:

— IT sohasi bugun Hindistonning yetakchi iqtisodiy sohalaridan biri sanaladi. Bu boradagi bilimlarning puxta oʻzlashtirilishi sizning yurtingizdagi pedagoglar va kelajak egalari uchun ham ayni muddao, deb oʻylayman. Biz Namanganda axborot texnologiyalari boʻyicha istiqbolli ishlarni amalga oshirish uchun har doim tayyormiz. Bu borada cizga yordam berishdan xursandmiz.

Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер