“Haj-2023” tadbiri doirasida Toshkent-Madina yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz amalga oshiriladi
2023-yilning 4-19-iyun kunlari Madinaga Oʻzbekistonning 10 ta hududiy xalqaro aeroportlaridan, jumladan Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlaridan “Haj-2023” tadbiri doirasida 15 000 nafar ziyoratchilar uchun yoʻlovchi aviatashuvlari rejalashtirilgan. Qatnovlar “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan amalga oshiriladi.
2023-yil 4-iyuldan 22-iyulgacha qaytish aviaqatnovlari Jiddadan Oʻzbekiston shaharlariga rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring