Harbiylarga yangi uylar topshirildi

11:33 28 Avgust 2025 Jamiyat
209 0

Soʻnggi yillarda milliy armiyani isloh qilish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda harbiylarga oʻz xizmat vazifalarini bekamu koʻst ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotir.

Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida chegarani qoʻriqlash vzvodi harbiylari uchun yangi xizmat uylari va 20 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati salkam 5 mlrd. soʻm boʻlgan ushbu bino qurilishi “Jahon Qilich” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

Yangi turarjoyning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlarda viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Joʻrabek Raximov ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida toʻxtaldi.

Yangi binolar energiyatejamkor konstruksiyalardan foydalangan holda, zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan boʻlib, barcha qulayliklarga ega. Hududda ish boshlagan maktabgacha taʼlim tashkilotida esa harbiy oilalarning farzandlari taʼlim-tarbiya oladi.

Odilbek ODAMBOYEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер