Harbiylar uchun milliy filmlar namoyish etildi
Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan harbiy qismlarda milliy filmlar namoyish etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti shaxsiy tarkibida, Qurolli Kuchlar Akademiyasida hamda Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan 64562-harbiy qismida rejissyor Rashid Malikovning “Tutqunlik” hamda Azamat Ahrorovning “Lolagulim” badiiy filmlari namoyish etildi.
Tadbirlarda ijodiy davra suhbatlari, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring