Haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada koʻtariladi

16:15 22 Iyul 2024 Jamiyat
294 0

Oʻzbekiston boʻylab hafta davomida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Unga koʻra, dushanba va seshanba kunlari havo harorati +36...+39 daraja, janubiy va choʻl zonasida +40...+41 darajagacha issiq boʻladi.

Chorshanbadan jumagacha issiqlik 2-3 darajagacha oshishi kutilmoqda: kunduzi havo +38...+41 darajagacha, janubiy va choʻl zonasida +42...+43 darajagacha isishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda 22—25-iyul kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Juma kuni havo harorati +39…+41 darajagacha koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер