Hafta oʻrtasida havo harorati pasayib, sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin

13:54 14 Aprel 2025 Jamiyat
242 0

14-18-aprel kunlari Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. “Oʻzgidromet” agentligi ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 14-aprel kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ertaga, 15-aprel kuni hech bir hududda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda havo harorati 24-29 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 32-37 darajagacha boʻladi.

16-aprelga kelib esa respublikaning ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-aprel kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati asta-sekin pasayadi, respublika hududining katta qismida 16-aprelda 20-25 daraja, 17-aprelda 18-23 daraja, 18-aprelda 16-21 daraja boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 17-18-aprel kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. 14-18-aprel kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер