Hafta davomida ob-havo oʻzgaruvchan boʻladi

17:30 09 Mart 2021 Jamiyat
1136 0

Bugun Oʻzbekistonda juda iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Hududlarning koʻp qismida kunning oʻrtasiga kelib, havo 20-22° iliqqacha isiydi. Faqat Kavkaz hududlaridan shimoliy hududlarga bulutli massivlar kiradi, bunda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin va havo harorati 9-14° iliq atrofida boʻladi.

Ertaga frontal zona oʻtishida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Payshan kuni respublika hududining koʻp qismida yomgʻir kuzatilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Toshkent viloyatida baʼzi joylarda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 12-17° iliq atrofida boʻladi.

Juma kuni Oʻzbekiston hududining koʻp qismida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni 20-22° iliqqacha koʻtariladi. Faqat shimoliy hududlarda ob-havo oʻzgarishni boshlaydi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shimoliy hududlarda 2-7° iliqqacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер