Gruziyada politsiya xodimi hamkasbini ish vaqtida otib oʻldirdi
Gruziyada politsiya xodimi ish joyida hamkasbiga 12 ta oʻq uzib oʻldirdi. Bu haqda 5-noyabr kuni “Rustavi2” telekanali xabar berdi.
Hodisa Gruziya qishlogʻida sodir boʻlgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, qotil hamkasblariga taslim boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan qasddan odam oʻldirish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Taʼkidlanishicha, voqea qoʻshni hamkasblar oʻrtasidagi janjal oqibatida sodir boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring